“Barsa” yulduzi Madrid superklubiga o‘tmoqchi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxoga ashaddiy raqiblardan hisoblangan “Atletiko Madrid” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone urugvaylik futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xabarlarga qaraganda, Arauxoning o‘zi ham muhitni o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rishga qarshi emas.
Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Madrid klubiga yangi markaziy himoyachi kerak va klub rahbariyati Arauxoni juda munosib nomzod, deb hisoblamoqda.
“Barselona” bu yoz “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu bois, tomonlar argentinalik to‘purar transferiga Ronald Arauxoni ham qo‘shishi istisno qilinmayapti.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Ronald Arauxoning bozor qiymati 20 million yevroga teng. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar