“Barsa” yulduzi “Manchester Yunayted” taklifiga javob qaytardi
“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong bir necha yildan beri “Manchester Yunayted”ning nishonida turibdi.
Kataloniyaliklar 2019 yili 75 million evroga transfer qilingan niderlandiyalik futbolchi 2022 yilning yozida “Manchester Yunayted”ga sotib yubormoqchi bo‘lgandi. Biroq so‘nggi pallada o‘yinchining o‘zi Angliyaga borishdan bosh tortdi.
Manchesterliklar hamon Frenkini olish fikridan qaytgani yo‘q. De Yongning ham qarashlari sekin-asta o‘zgaryapti.
Niderlandiya jurnalistlariga bergan intervyusida Frenki de Yong boshqa chempionatga o‘tishi mumkinligini aytdi.
- Meni “Barselona”da hamma narsa qoniqtiradi. O‘zimni bu erda juda yaxshi his qilyapman. O‘zim o‘ynashni orzu qilgan jamoadaman. Yangi chempionatga ko‘chib o‘tamanmi? Shunday bo‘lishi ham mumkin, - dedi Frenki de Yong.
Fikrlar