“Barsa” yulduzi “Manchester Yunayted”ni ko‘zlamoqda

  • 6 mart, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong o‘tgan yili “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgan edi.

Goal nashrining yozishicha, niderlandiyalik futbolchi fikrini o‘zgartirdi. Frenki o‘z hamyurti Jrik ten Xag jamoani ijobiy tomonga o‘zgartira boshlaganiga yuksak baho bermoqda.

Qolaversa, de Yong Ispaniya chempionatida o‘ziga raqib bo‘lgan “Real” futbolchisi Kazemiro bilan “Manchester Yunayted”da birga o‘ynashga ham qiziqmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, manchesterliklarni Frenki de Yongni qo‘lga kiritish borasidagi imkoniyati ancha oshgan va yozda bu kelishuv amalga oshishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!