“Barsa” yulduzlari: Bu ishkal futbolchi “Real”ga qarshi o‘ynamasin!

  • 10 may, 13:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Kamp Nou”da ashaddiy raqib va asosiy ta’qibchi “Real” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, kataloniyaliklar charm to‘p ustalari 11 may kuni bo‘ladigan uchrashuv oldidan bosh murabbiy Xans-Diter Flikka murojaat qilib, bo‘lajak to‘qnashuvda Ronald Arauxoni maydonga tushirmaslikni so‘ragan.

Jamoa etakchilari  urugvaylik markaziy himoyachi Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida “Inter”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan keyin ishonchni oqlay olmaganini ta’kidlayapti.

Ta’kidlash joizki, Milan shahridagi bahsda hisobda oldinda borayotgan “Barselona” uchrashuv yakunlanishi arafasida Arauxoning xatosi tufayli gol o‘tkazib yubordi. Asosiy vaqtda hisobni tenglashtirib olgan “Inter” qo‘shimcha taymlarda g‘alaba to‘pini kiritib, finalga yo‘llanma oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!