"Barsada" jiddiy yo‘qotish

  • 11.08.2026 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi yarim himoyachisi, 20 yoshli vinger Runi Bardji yangi mavsum arafasida jiddiy jarohat oldi. 

Insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, futbolchi tizzasidagi old krestoobraz bog‘lamni uzib olgan. Shu bois u kamida olti, ehtimol yetti oygacha maydondan chetda qoladi.

Bundan oldin Bardjining «Barselona»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu taxminlar klub hujum chizig‘iga Entoni Gordon va Karim Adeyemi kabi yangi futbolchilar kelganidan so‘ng yanada kuchaygan. Yosh shved vingergiga Bundesliga, Erediviziya, Liga 1, Portugaliya chempionati va Seriya A jamoalari tomonidan qiziqish bildirilgani aytilgan.

Ehtimoliy yangi klublar sifatida «Aston Villa», «Sanderlend», «Everton», «Fulham», «Brayton», «Lids Yunayted», «Ayaks», «Marsel», «Portu», «Yuventus» va dortmundlik «Borussiya» nomlari tilga olingan edi. Qayd etish kerakki, Bardji 2023/2024 yildgi mavsumda ham tizza jarohati tufayli deyarli butun yil — 11 oyni o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!