“Barsa”da katta yo‘qotish!

  • 19.03.2026 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” futbol klubining asosiy darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob uchrashuvida “N’yukasl”ga qarshi oʻyinda jarohat oldi, deb xabar berdi AS nashri.

“Barselona” Chempionlar ligasidagi bahsda “N’yukasl”ni 7:2 hisobida magʻlub etib, ikki uchrashuvning umumiy natijasiga koʻra, 8:3 hisobida zafar quchdi va musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan boʻldi.

Ikkinchi uchrashuvning 82-daqiqasida Joan Garsiya oyogʻida muammo paydo boʻlgan uchun oʻzini almashtirishlarini soʻradi. Uning oʻrnini yana bir tajribali golkiper Voykex

Manba maʼlumotiga koʻra, Garsiyaning chap oyogʻidagi boldir mushagida choʻzilish aniqlandi. Darvozabon bir necha hafta oʻyinlarni oʻtkazib yuborishiga toʻgʻri keladi.

Joriy mavsumda 24 yoshli Garsiya barcha turnirlarda 35 marotaba maydonga tushib, shulardan 14 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va jami 35 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!