“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 27.02.2026 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionligi unvonini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Barselona” katta yo‘qotishga duch keldi. Jamoa yetakchilaridan Frenki de Yong jarohat sabab besh-olti hafta davomida jamoa tarkibida o‘ynay olmaydi.

Bu haqida klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

- Asosiy tarkib futbolchisi Frenki de Yong mashg‘ulot vaqtida o‘ng oyog‘ining ikki boshli mushagi distal qismi jarohatlandi. Tekshiruvlar uning tiklanish davri besh-olti haftani tashkil etishini tasdiqladi, - deyiladi “Barselona” bayonotida.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, bir gol va yettita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!