“Barsa”dan haydalgan Xaviga Angliya superklubidan ish chiqdi

  • 27 may, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni tark etgan Xavi Ernandes uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘riniadi.

Todofichajes nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassisga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Yunayted” Angliya Kubogi finalida “Siti”dan ustun kelganiga qaramay, klub xo‘jayini Jim Retkliff niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xagni ishdan olish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.

Milliarder rahbar jamoani Xaviga topshirishni istayapti.

Xavi Ernandes biroz hordiq chiqarishini aytgandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ispaniyalik murabbiy “Manchester Yunayted”dan rasmiy chorlov bo‘lsa, ta’tilini bekor qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!