“Barsa”dan ketadigan yulduz nomi aniq bo‘ldi

  • 05.12.2025 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ayni paytda “Barselona” futbol klubi bir nechta o‘yinchining kelajagi borasida jiddiy o‘ylamoqda va ular orasida eng mashhur nomlardan biri Jyul Kunde hisoblanadi.

Klub uni sotuvga qo‘yishga qaror qildi va 60 million evro narx belgiladi. Bu qaror yozgi transferlar davrida Xans-Diter Flik jamoasi himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini  anglatadi.

Frantsiyalik futbolchining o‘yini klub rahbariyatini qoniqtirayotgani yo‘q. “Barselona” mutasaddilari uning klubdagi faoliyati oxiriga etib keldi, deb hisoblashmoqda. Qolaversa, rahbariyatda Kundening xulq-atvoriga nisbatan ham e’tirozlar bor.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klub sport bo‘limi Jyul Kundening o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yangi ijrochilarni topish bo‘yicha harakatlarni boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!