“Barsa”ga PSJ yulduzi kerak
“Barselona” rahbariyati PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar tarqatdi Mundo Deportivo nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun parijliklarga katta transfer taklifini berishni rejalashtirgan.
PSJ mutasaddilari ham italiyalik yarim himoyachini jamoada olib qolish uchun u bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirishga harakat qilmoqda.
Markoning hozirgi bitimi yana ikki mavsum davom etadi. Italiyalik charm to‘p ustasi o‘n yildan beri jamoada barqaror o‘yin namoyish etib kelmoqda.
Bu mavsum Verratti A Seriyada 22 marta maydonga tushib, ikkitadan gol va assist qayd etdi. Uning transferi 55 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar