"Barsa"ga qarshi bellashuv "Inter" uchun katta daromad olib keldi

  • 08.05.2025 19:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Inter" "Barsa" bilan o‘yinda chipta sotuvidan Italiya uchun rekord darajadagi 14,7 million evro daromad oldi.

"Inter" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida "Barselona"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:6). "San-Siro" stadioniga 75 504 tomoshabin tashrif buyurdi (ulardan 4 253 nafari mehmonlar sektorida). Ular jami 14,7 million evro daromad keltirdi. Bu Italiyada o‘tkazilgan bitta o‘yin uchun yig‘ilgan eng katta mablag‘ hisoblanadi.

Avvalgi rekord 2023 yildagi Milan derbisida o‘rnatilgan edi. O‘shanda "Inter" yarim finalning javob uchrashuvida "Milan"ni mag‘lub etgandi (1:0, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0). O‘sha paytda "neradzurrilar" chipta sotuvidan 12,5 million evro daromad olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!