“Barsa”ning asosiy transfer nishoni aniq bo‘ldi

  • 30 noyabr, 2021, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi klub mutasaddilariga birinchi bo‘lib qaysi futbolchini olib kelishni ma’lum qildi.

Manbalarning xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar “Manchester Siti”da o‘ynayotgan Ferran Torresni tezroq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bor e’tiborni shu o‘yinchi transferiga qaratish uchun “Barselona” mutasaddilari “Leyptsig” vakidi Dani Olmoning agenti bilan muzokaralarni to‘xtatdi.

21 yoshli Ferran Torres joriy mavsumda atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashgan bo‘lsa ham samaradorlik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. U mazkur uchrashuvlarda ikki bor raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoadoshlariga bitta golli uzatma ham berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!