“Barsa”ning bu yulduzdan ko‘ngli qoldi va undan voz kechadi

  • 05.06.2026 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ketma-ket ikkinchi yili Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘lgan Kataloniyaning “Barselona” klubi eng tajribali himoyachilaridan biri bilan xayrlashadigan bo‘ldi.

Insayder Karlos Monfort ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, “ko‘k-anorranglilar” fransiyalik himoyachi Jyul’ Kunde bilan ajralish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati Kundening o‘tgan mavsumdagi o‘yin darajasidan qoniqmagan. Shu sababli “Barselona” futbolchini sotishga va uning o‘rniga yangi himoyachi xarid qilishga tayyor.

27 yoshli o‘yinchi 2022 yilning yozidan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Angliya Premyer-ligasining bir necha klublari nishonida turgan Jyul’ Kundening bozor qiymati 65 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!