
“Barsa”ning supertransferi barbod bo‘lish arafasida
Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri jamoaga “Liverpul” etakchisi Jorjino Veynaldumni olib kelish haqida bosh qotirmoqda. Niderlandiyalik yarim himoyachi o‘z hamyurtiga ishonib, "Liverpul” bilan shartnomani uzaytirmadi va erkin agent sifatida Kataloniyaga ketmoqchi edi.
Endi ma’lum bo‘lishicha, bu transfer amalga oshmasligi mumkin. Chunki, kataloniyaliklar xizmati qimmat baholanadigan yulduz futbolning maoshini ko‘tara olmasligi oshkor bo‘ldi. Xususan, Veynaldum talab qiladigan mablag‘ ham “Barselona”ga og‘irlik qiladi.
30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda premer-liganing 24 ta o‘yinida maydonga tushib, bir juft gol urdi.
Fikrlar