“Barsa”ning yosh yulduzi Saudiyada pul ishlashni istayapti
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoasi tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado yosh bo‘lishiga qaramay, Evropani tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirmoqchi.
Diario AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi ko‘proq pul ishlash maqsadida Saudiya klublaridan biriga o‘tishga qarshi emas. Uning rejasi ma’lum vaqt Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynab, moliyaviy sharoitini yaxshilab olganidan keyin yana Evropaga qaytishdan iborat.
Mark Kasado “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi “Barselona” safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma bergan. Transfermarkt portali Kasadoni 25 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar