Asosiy mazmunga oʻtish

“Barselona” 11 yildan beri YEChLni yuta olmayapti

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Nohush seriya davom etadi.

“Barselona” Yevropa Chempionlar ligasida 2015 yildan buyon g'alaba qozona olmayapti.

Xansi Flik boshchiligidagi jamoa joriy mavsumda ham chorak final bosqichidan o‘ta olmadi. Kataloniyaliklar ushbu bosqichda “Atletiko Madrid”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:2, 2:1) mag‘lub bo‘ldi.

 “Barselona” so‘nggi bor 2015 yilda Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Shundan beri jamoa hatto finalgacha yetib bora olmagan.

Ma'lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" o‘z tarixida Yevropaning eng nufuzli musobaqasi kubogini jami 5 marta qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q