"Barselona" 21 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqib qoldi. U kim?

  • 07.01.2020 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning “Palmeyras” klubi yarim himoyachisi Mateus Fernandes “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi masalasida “Palmeyras”ga taklif yuborishgan.

Ma’lumot uchun, “Palmeyras” Fernandesni yaqinda 3,5 mln evro evaziga “Botafogo” klubidan sotib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. U 2019 yil Braziliya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!