
"Barselona" 5 ta futbolchisining transferi masalasida rasmiy taklif oldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsumlar oralig‘ida bir qator futbolchilarini sotishga tayyorlanmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati allaqachon Andre Gomesh, Yasper Silessen, Denis Suares, Nelson Semedu va Malkomlarning transferi borasida rasmiy taklif olishgan.
Biroq, hozircha braziliyalik vinger Filippe Koutino masalasida “Barselona”ga hech qanday taklif kelib tushmagan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq 26 yoshli braziliyalik futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar