
"Barselona" afsonasi klubga qaytadi!
"Barselona" o‘z afsonalariga ishonch bildirishda davom etadi. Ispan OAV xabar tarqatgan xabarga ko‘ra, bir necha yillar mobaynida "ko‘k-anorranglilar" sardori sifatida harakat qilgan Karles Puyol yana Kataloniyaga qaytadi.
U klub qoshida tashkil etilgan ijtimoiy loyihalar bilan ishlaydi. Unga sport bo‘yicha hech qanday topshiriq yuklatilmasligi aytilmoqda.
"Karles Puyol va uning rafiqasi "Barselona" bilan birgalikda amalga oshirishni istagan ko‘plab loyihalarga ega. U boshqaruvchi vazifasida ishlaydimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Ammo Karles ularda ishtirok etadi. Puyol ko‘plab xayriya loyihalarida qatnashgan va Laporta unga ishonadi",-deya Oriol Domenek so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Catalunya Radio".
Karles Puyol 1999-2014 yillar oralig‘ida "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan va jamoa g‘alabalariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Fikrlar