"Barselona" Alvares transferi amalga oshmasa, Osimxenni sotib olishi mumkin

  • 26.03.2026 00:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda, "Galatasaray" forvardi Viktor Osimxenni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Alvares hali ham klub uchun asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Ammo uning "Arsenal"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar klub rahbariyatini ehtiyot variantini ham ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.

Kataloniyaliklar uchun asosiy muammo — Osimxenning xarakteri hisoblanadi, u avval "Napoli"da o‘ynagan paytida muammolar keltirib chiqarган. Shunga qaramay, manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Hans-Diter Flikning qat’iy yondashuvi hujumchining xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Viktorning "Barselona"ga o‘tishi Xulian Alvaresning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Nigeriyalik futbolchi 2025 yil yozida "Galatasaray"ga 75 million yevro evaziga o‘tgan. Joriy mavsumda u 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning turkiyaliklar bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, bozor qiymati esa Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra 75 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!