"Barselona" Alvesga rad javobini berdi

  • 27.07.2019 13:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu braziliyalik himoyachi Dani Alvesning kataloniyaliklar safiga qaytishini ta’qiqlamoqda.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda erkin agent hisoblangan 36 yoshli futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan bog‘langan va o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Biroq, unga rad javobi berilgan.

Ma’lumot uchun, Alves “Barselona” safida 2008-2016 yillarda to‘p surgan va 391ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21ta gol hamda 100ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!