"Barselona" "Atlektiko"ga yarim himoyachisini sotmoqchi emas
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichga "Atletiko Madrid" qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli juda kam.
31 yoshli xavbek joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi, shu sababli futbolchi boshqa klubga o‘tish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.
"Barselona" ham o‘z navbatida futbolchini ushlab turmoqchi emas. Ammo "ko‘k-anor rangliklar La Liga klublaridan yuboriladigan barcha takliflarga rad javobini bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Rakitichga turinning "Yuventus" klubi ham davogarlik qilmoqda.
Fikrlar