"Barselona" Bastoni transferidan voz kechdi

  • 22.05.2026 22:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni yozgi transfer oynasida "Barselona" safiga qo‘shilmaydi. Bu haqda insayder Reshad Rahmon xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar italyanlik futbolchi transferi ustidagi ishlarni texnik va moliyaviy sabablar tufayli to‘xtatgan.

27 yoshli himoyachi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. "Transfermarkt" portali Bastonining narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u milanliklar safida A Seriya chempioni va Italiya kubogi g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!