“Barselona” Bastoni transferidan voz kechishi mumkin
"Inter" va himoyachi Alessandro Bastoni "Barselona"ning "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga bo‘lgan qiziqishidan xavotirda. Milan klubi futbolchi uchun belgilangan narx “ko‘k-anorranglilar”ni cho‘chitib yuborishi va ularni argentinalik futbolchi foydasiga tanlov qilishga majbur qilishidan xavotirda. Bu haqida Sport.es xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "nerazurri" Bastoni sotilishidan taxminan 60 million yevro olmoqchi, "blaubrana" esa 50 million yevrodan ortiq to‘lashga tayyor emas. Ta’kidlanishicha, Romero Bastoniga qaraganda arzonroq.
"Barselona" himoyachi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlash uchun "Inter"ning Italiya chempioni bo‘lishini kutmoqda. Bastonining o‘zi Kataloniya klubiga o‘tishni istaydi. Uning shartnomasi muzokaralar jarayonida muammo bo‘lmaydi.

Fikrlar