Asosiy mazmunga oʻtish

"Barselona" "Bavariya" vingerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Barsa" uning agenti bilan bog‘landi

"Bavariya" vingeri Leroy Sane "Barselona"ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 28 yoshli futbolchi hali ham "Bavariya" bilan bir yarim yildan keyin tugaydigan shartnomasini hali uzaytirgani yo‘q.

Boshqa klublar vaziyatni kuzatib borishmoqda. Moliyaviy muammolarga qaramay, Sane uchun "Barselona" ham kurashmoqchi. "Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" vakillari Myunxen klubi a’zosi bilan allaqachon bog‘lanib, agar u "Bavariya" bilan kelishuvga erisha olmasa, muzokaralarni boshlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Leroy Sane 2020 yildan beri "Bavariya"da o‘ynab kelmoqda. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q