"Barselona" Bernardu Silva va Vlahovich transferidan voz kechdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar borasidagi rejalariга aniqlik kiritdi.
"Cadena Ser" ma'lumotiga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva hamda "Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovichni xarid qilish g‘oyasidan voz kechgan.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati endilikda boshqa transfer maqsadlariga e'tibor qaratishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” joriy mavsumda muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangan edi. Hans-Diter Flik shogirdlari La Liganing so‘nggi turida mehmonda “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar