
“Barselona” bir futbolchiga ketishni aytdi
“Barselona” rahbariyati tarkibni tozalashni davom ettiradi. Klub mutasaddilari chap qanot himoyachisi Markos Alonsoga jamoadan ketishini rasman e’lon qilishni rejalashtirgan.
32 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlarda o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni bir yilga uzaytirish huquqi bor. Klub mutasaddilari bu imkoniyatdan foydalanmoqchi emas.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, tajribali ispan futbolchisi ham klubni tark etishga tayyor. U o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘lyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Markos Alonso o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Himoyachiga Angliya Premer-ligasidan qiziqish bor. Alonso Angliya futbolida katta tajriba to‘plagan. U faoliyati davomida “Bolton”, “Sanderlend” va “Chelsi” sharafini himoya qilgan.
“Barselona”ga 2022 yilning yozida erkin agent sifatida kelgan himoyachi aslida kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar