Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" bir yarim yildan keyin ilk bor La Ligada gol ura olmadi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar o‘zining seriyasiga nuqta qo‘ydi

Xans-Diter Flik boshqarayotgan "Barselona" La Liganing 36-turida "Alaves"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kataloniyaliklar ushbu bahsda darvoza tomon aniq zarba yo‘llay olmadi va bir yarim yildan keyin ilk bor chempionat o‘yinini golsiz yakunladi.

"Barselona" so‘nggi marta 2024 yil 15 dekabr kuni La Ligada gol urmagan edi. O‘shanda jamoa "Leganes" darvozasini ishg‘ol qila olmagan.

Shundan keyin "ko‘k-anorranglilar" 55 uchrashuvdan iborat golli seriya qayd etdi. Bu La Liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Rekord ham "Barselona"ga tegishli — 64 ta o‘yin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q