"Barselona" braziliyalik 19 yoshli himoyachiga qiziqmoqda

  • 20.08.2025 18:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning "Palmeyras" klubi himoyachisi Luis Benedetti faoliyatini Ispaniya chempionatining top-klubida davom ettirishi mumkin. Sport.es xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Benedetti uchun kurashda Kataloniya grandining raqobatchilari Italiya chempioni "Napoli" va Londonning "Arsenal" klublari ekani aytilmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi "Palmeyras"ning to‘qqizta uchrashuvida qatnashib, gol urmagan. Bundan tashqari, u yoshlar tarkibida ettita o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!