
"Barselona" bugun "Manchester Siti" futbolchisining transferini e’lon qilishi kutilmoqda
"Barselona" klubi ispaniyalik hujumchi Ferran Torresning transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Toni Xuanmarti.
Manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun belgilangan 55 million evro, shuningdek, unga qo‘shimcha 10 million evro bonuslarni to‘laydi. Qayd etilishicha, kelishuv amalga oshirish murakkabligi turlicha bo‘lgan bir nechta shunday bandlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, ko‘plab ispan manbalari kelishuv bugun rasman e’lon qilinishi mumkinligini xabar qilmoqda.
Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar