"Barselona" Busketsga o‘rinbosar topdi

  • 07.01.2023 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Vulverxempton" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ruben Nevesh faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Barselona” Serxio Busketsga o‘rinbosar sifatida aynan portugaliyalik futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Aytish kerakki, Serxio Busketsning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Hozircha uning jamoada qolish muddatini uzaytirish istagi haqida hech qanday bayonot berilmagan.

"Barselona" hozirda Busketsning qarorini kutayotmoqda. Ammo shu bilan birga unga munosib o‘rinbosar bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!