"Barselona" "Chelsi" himoyasiga qiziqmoqda
"Chelsi" himoyachisi Levi Kolvill faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Marca nashrining xabar berishicha, Kataloniyaning "Barselona" klubi 23 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt portali Kolvillning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda himoyachi Angliya Premier-ligasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
Shunga qaramay, "Barselona" rahbariyati futbolchining salohiyatiga yuqori baho bermoqda va uni jamoa uchun munosib variant sifatida ko‘rmoqda.

Fikrlar