“Barselona” Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi
“Barselona” klubi 2029 yildgi Chempionlar ligasi final uchrashuvini o‘tkazish uchun UEFAga rasmiy ariza yubordi.
Kataloniya klubi bayonotida aytilishicha, ariza Barselona shahri ma’muriyati, Kataloniya hokimiyati va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi ko‘magida topshirilgan.
UEFA ushbu masala bo‘yicha yakuniy qarorni joriy yil kuzida qabul qilishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Kamp Nou” stadionining rekonstruksiyasi 2027 yil yozda yakunlanadi. Yangi arena 105 ming nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.
So‘nggi marta “Kamp Nou” 1999 yilda Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan. O‘shanda “Manchester Yunayted” qo‘shimcha daqiqalarda urilgan ikki gol evaziga “Bavariya”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Fikrlar