
"Barselona" de Yongga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Everton" yarim himoyachisi Amadu Onana Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 22 yoshli himoyachining transferiga qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" Amaduni Frenki de Yongngga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Niderlandiyalik futbolchi kelasi yozda “Barselona”ni tark etishi kutilmoqda.
Onananing transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Belgiyalik xavbekning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Fikrlar