“Barselona” Dembeleni PSJga bermasdan, arablarga pullamoqchi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappe o‘rniga “Barselona” hujumkor futbolchisi Usmon Dembeleni olib kelishga qaror qilgan.
Frantsiyalik o‘yinchini o‘zi ham yurtiga qaytib bormoqchi. Biroq, “Barselona” 50 million evrolik transferdan faqat summaning yarmiga da’vogarlik qila olishi bois, Dembeleni qo‘yib yuborish masalasini cho‘zyapti.
Kataloniyaliklar Usmonni Saudiya Arabistoniga transfer qilmoqchi. Bu o‘yinchiga “Al-Hilol” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Arablar Dembelening o‘ziga har mavsum uchun 100 million evro maosh bermoqchi. “Barslona”ni ham badal puli miqdori bo‘yicha rozi qiladigan bo‘lyapti.
Bu transferni amalga oshishi uchun kataloniyaliklar PSJning Dembeleni tibbiy ko‘rikka qo‘yib yuborish haqidagi so‘rovini qanoatlantirmadi.
Fikrlar