
"Barselona" Dembeleni "qurbon qilmoqchi"
“Barselona” va “Inter” klublari argentinalik hujumchi Lautaro Martinesning transferi bo‘yicha muzokaralarni faol olib borishmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar Martinesning transferiga qo‘shimcha tarzda frantsiyalik vinger Usmon Dembeleni “neradzurrilar”ga berishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli futbolchi ketma-ket jarohatlar sabab “Barselona” safida o‘zini ko‘rsata olmayapti.
Ma’lumot uchun, Lautaroning tovon puli 111 mln evroni tashkil etadi. U joriy mavsum A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar