"Barselona" etakchisi EChLning birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 09.09.2025 08:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi terma jamoa safida jarohat oldi. Xabaringiz bor, xavbek La Liganing 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Valensiya"ga qarshi o‘yinida maydonga tushmasligi aniq. Diario AS xabariga ko‘ra, de Yongning Chempionlar ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Hammasi 28 yoshli futbolchining tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.

"Ko‘k-anorranglilar"ning "qarg‘alar" bilan uchrashuvi 18 sentyabr kuni Angliyada bo‘lib o‘tadi.

Frenki de Yong joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasining ikkita o‘yinida maydonga tushishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!