"Barselona" Filippe Koutinoni "Arsenal"ga o‘tkaza olmadi. Navbat "Tottenxem"ga
"Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Radio Catalunya xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Arsenal" futbolchini ijraga olishdan bosh tortdi. Endi kataloniyaliklar braziliyalikni Londonning boshqa bir jamoasi "Tottenxem" variantiga o‘tishdi. O‘z navbatida, "Tottenxem" Kristian Eriksenni "Real" yoki "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, Koutinoning transferiga e’tibor qaratishlari kutilmoqda.

Fikrlar