"Barselona" Frantsiya chempionidan futbolchi oladi
Portugaliyalik yarim himoyachi Renato Sanshesh Ispaniya chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi. Le10Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 23 yoshli futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli yarim himoyachi "ko‘k-anor ranglilar" bilan muzokaralar olib borgan va shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli kataloniyaliklar Sansheshni dastlab ijaraga olib, keyinchalik sotib olishlari mumkin.
Renato 2019 yilning yozidan buyon “Lill” sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.
Sansheshning transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar