"Barselona" futbolchisi APL klubidan tushgan taklifni rad etdi

  • 18.01.2026 14:09
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Angliyaga ko‘chib o‘tmoqchi emas.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar posboni Londonning "Vest Xem" klubidan tushgan taklifga rad javobini bergan. Sababi u oilasidan uzoqqa ketishni istamagan. Avvalroq, Mark-Ande ter Shtegen Kataloniyaning "Jirona" klubiga o‘tishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Darvozabonning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda germaniyalik kiper atiga bitta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Ma’lumot uchun, "Vest Xem" APLning 22-turidan so‘ng, turnir jadvalining 18-pog‘onasini band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!