"Barselona" futbolchisi Portugaliyaga yo‘l olishi mumkin edi, biroq...

  • 04.02.2025 20:43
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi qishki transfer oynasida Pablo Torreni "Portu"ga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, "Portu" transfer oynasining so‘nggi kunida "Barselona"ga Torre uchun sakkiz million evro taklif qilgan. Biroq, klub va futbolchi ushbu taklifni rad etgan.

Joriy mavsumda 21 yoshli Torre barcha turnirlarda 12 uchrashuvda maydonga tushdi. Xavbek raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi va uchta gol uzatmani qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchini etti yarim million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!