"Barselona" futbolchisi PSJga o‘tishi mumkin
Mavsumni ijara asosida “Betis”da davom ettirayotgan “Barselona” himoyachisi Emerson faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 21 yoshli braziliyalik futbolchiga PSJdan qiziqish bo‘lmoqda.
Emerson joriy mavsum La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta sariq hamda 1 ta qizil kartochka oldi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar