Asosiy mazmunga oʻtish

«Barselona»ga «Manchester Siti» himoyachisini olish taklif qilindi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateush Nun'yeshni 45 million yevro atrofida olib kelishni ko‘rib chiqmoqda.

«Barselona» yangi oʻng qanot himoyachisini qidirishni davom ettirmoqda. Bu haqida ispan nashri El Nacional xabar berdi.

Manbaning yozishicha, kataloniyaliklarga «Manchester Siti» futbolchisi Mateush Nun'yeshni olish taklif qilingan. Ushbu tashabbus bilan futbolchining agenti Jorje Mendes chiqqan.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Mateush Nun'yeshning bozor qiymati 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

«Barselona» joriy mavsumni La Ligada juda ishonchli boshladi. Jamoa chempionatda oʻtkazgan barcha toʻqqiz uchrashuvda gʻalaba qozongan. Hozircha sine-granatalilar turnir jadvalidа birinchi oʻrinni egallab turibdi va ularning hisobida 27 ochko bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q