
"Barselona"ga Sancho kerak emas
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sancho “Barselona”ni qiziqtirmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaning yozishicha, kataloniyaliklar Sancho uchun katta mablag‘ sarflashmoqchi emas. Ular ushbu pullarga bir nechta futbolchilar sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Bundan avvalroq “Barsa” Sanchoni qo‘lga kiritish uchun hatto o‘z tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ansu Fatini “Borussiya”ga berishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu o‘rinda Sanchoga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" kabi APL grandlaridan jiddiy takliflar mavjudligini aytib o‘tish lozim.
Fikrlar