
"Barselona" haqida multfilm olinadimi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi AQShning “Pixar Animation Studios” kinostudiyasi bilan klub haqida animatsion film olish uchun muzokara olib bormoqda. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, “Pixar” va “Barselona” rahbarlari orasida aloqa bor. Bu klub tarixi haqidagi animtsion film bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, mazkur kinostudiya “Ratatuy”, “Nemoni izlab” kabi katta shuxrat keltirgan multfilmlarni yaratgan.
Fikrlar