"Barselona" himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Chorshanba kuni "Barselona" himoyachi Alexandro Baldening tizza osti payidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi. AS jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, Baldening tiklanishi uchun taxminan uch-to‘rt hafta kerak bo‘ladi.
Shu tariqa, "Barselona"ning navbatdagi o‘yinlarida Xans-Diter Flik 21 yoshli himoyachidan foydalana olmaydi.
"Barselona" uch turdan so‘ng Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Flik jamoasi ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, 3-turda durang natija qayd etishdi. Chempionatning navbatdagi o‘yini "ko‘k-anorranglilar" 14 sentyabr kuni o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar