"Barselona" himoyasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi

  • 9 fevral, 2022, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini keskin o‘zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub rahbariyatidan 3-4 nafar yangi himoyachi bilan shartnoma imzolashni so‘ragan. “Barselona” o‘z safiga Andreas Kristensen va Sezar Aspilikueta (“Chelsi”), Jyul Kunde (“Sevilya”) va Xose Gayani (“Valensiya”) i qo‘shib olishi mumkin.

O‘z navbatida “Barselona” Oskar Mingesa, Samuel Umtiti va Kleman Lenglet kabi himoyachilari bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

"Barselona" ayni damda Ispaniya La Ligasida 38 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!