“Barselona” “Inter” yetakchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
"Barselona" himoyaning oʻng qanotini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Jyul Kundening kelajagi noaniqligicha qolayotgan sababli, Denzel Dyumfris yana Kataloniya klubining transfer maqsadlari roʻyxatida paydo boʻldi, deb xabar bermoqda Sport.es.
Kuchli oʻng qanot himoyachisi yaqin yozda "Inter"ni tark etishi mumkin, uning vakillari allaqachon "Liverpul" va "Barselona" bilan uchrashuvlar oʻtkazib, Yevropaning yuqori darajadagi klubini izlash ustida ishlamoqda. Shuni taʼkidlash joizki, shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladigan niderlandiyalik futbolchini 25 million yevroga sotib olish mumkin, biroq bu imkoniyat atigi 1 oy davomida amal qiladi.
Oʻtgan yozda Jorje Mendes (oʻsha paytdagi futbolchining agenti) himoyachining "Barselona"ga oʻtishini faol targʻib qilgan edi, biroq kataloniyaliklar moliyaviy cheklovlar tufayli kelishuvni rasmiylashtira olmadi. Bu safar futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish mumkinmi-yoʻqmi, boshqa transferlar yakunlangach maʼlum boʻladi.

Fikrlar