"Barselona" "Inter" hujumchisi uchun qancha bermoqchi?

  • 15 mart, 2020, 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" forvardi Lautaro Martines uchun qancha maosh to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli argentinalik futbolchiga yiliga 17,6 mln evro maosh va’da qilishmoqda. Uning transferi uchun esa “Barsa” “neradzurrilar”ga 111 mln evro to‘lashi taxmin qilinmoqda.

Lautaro Martines joriy mavsum “Inter” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!