"Barselona" jamoasida o'yin uslubini o'zgartirish masalasi ko'tarildi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning so‘nggi ikki mag‘lubiyati ortidan futbolchilar bilan uzoq suhbat o‘tkazdi. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchilarning jamoaviy tahlili ko‘p jihatdan nemis mutaxassisining fikrlari bilan mos kelgan. Suhbat davomida o‘tgan mavsumda samarali ishlagan ayrim o‘yin kontseptsiyalari joriy mavsumda amalga oshirish uchun murakkab bo‘layotgani tan olingan.
Flik va murabbiylar shtabi futbolchilarning munosabatidan mamnun bo‘lgan. Jamoa a’zolari o‘tgan mavsumdagi o‘yin tamoyillariga qaytish tarafdori ekanini tasdiqlab, so‘nggi uchrashuvlarda yuqori sur’at va faol pressingdan biroz chekinganlarini ham e’tirof etgan.
Fikrlar